Toshkent viloyatida ham mashina yonib, kul bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 21 yanvar kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanida Nexia-2 rusumli transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 19:45 larda Piskent tumani hududidan o‘tgan D-020 “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lining 28-kilometrida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia-2 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida, dvigatel qismida yongin kelib chiqqan va avtoulov yonib ketgan. 

Ushbu yong‘in oqibatida harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Hozirda xolat yuzasidan Piskent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida BMW mashinasi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Nexia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing