Sirdaryoda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Qurbon bor (video)
3-sahifa
−
19 iyun
7585Bugun, 19 iyun kuni Sirdaryo viloyatida yengil va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Sardoba tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtoyo‘lining 931-kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent-Termiz yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi mashina boshqaruvi vaqtida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan MAN rusumli yuk transport vositasiga urilib, YTH sodir etgan.
Sirdaryo viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilishicha, Nexia avtomashinasi haydovchisi jarohat olib, tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan va o‘sha yerda vafot etgan.
“Hozirda Sardoba tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Barcha haydovchilardan tezlikni oshirmay, oraliq masofani saqlashlarini hamda charchoq va uyqu kelganida avtomashinani boshqarmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi