Sirdaryoda suv balosiga uchragan uylar qay ahvolda? FVV izoh berdi

Jamiyat

image

Sardoba suv ombori yorilishi natijasidan yuz bergan toshqindan zarar yetgan 1828 ta turar-joy ta’mirlandi va 32 ta ko‘prik tiklandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi Murod Sodiqov ma’lum qildi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ta’mirlash ishlariga 14 000 dan ziyod ishchi va 800 ta texnika jalb qilingan. Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlarida 252 ta qayta ta’mirlanayotgan aholi yashash xonadonida yong‘in xavfsizligi qoidalari o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada aniqlangan 380 ta kamchilikdan 282 tasi joyida bartaraf etilgan.

“Shu paytgacha 1205 qisqa raqami orqali 8 171 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 8 148 tasi ijobiy hal etildi, qolgan 23 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olingan. Talafot ko‘rgan hududlarda hamda viloyat bo‘yicha 218 ta turar-joyda 49 550 kv. m. maydonda dezinfeksiya tadbiri o‘tkazildi”, dedi Murod Sodiqov

Shuningdek, zarar ko‘rgan masjid hamda qabristonlarda ta’mirlash va tiklash ishlari to‘liq yakunlangan va xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llarning 35 kilometri hamda 32 ta ko‘prik qayta tiklangan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sirdaryo Sardoba

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing