Sirdaryoda Nexia TOBga qarashli Isuzu bilan to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 13 avgust kuni Sirdaryo viloyatida yengil avtomobil va yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida bir kishi halok bo‘ldi.

YTH soat 18:00 da Sirdaryo shahar, “Baxor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-29 avtoyo‘lining “Sirdaryo-Guliston” yo‘nalishini 2 km.da yuz berdi. M.A. boshqaruvidagi oq rangli, Nexia rusumli avtomobil “Sindarobod-Sirdaryo” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelgan M.S. boshqaruvidagi Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli Isuzu bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan keyin Nexia ag‘darilgan.

Natijada Nexia rusumli avtomashina yo‘lovchisi A.I. olgan tan jarohatining og‘irlik darajasidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

133

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing