Sirdaryoda dahshatli YTH. Qurbonlar bor

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyatida ikki kishining hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Kecha, 19 iyul kuni Oqoltin tumanida soat 5:20 da Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 25 yoshli Sh.D. Gazel rusumli mikroavtobusni “Alisher Navoiy” MFY hududidan o‘tuvchi “Termiz-Toshkent” yo‘lida haydab ketayotganda uxlab qolgan. Natijada yo‘l chetida to‘xtab turgan Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 34 yoshli R.M.ning Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasining tirkamasiga urilgan.

YTH oqibatida Gazel mikroavtobusi yo‘lovchisi Buxoro viloyatida yashagan 1956 y.t. N.A. ismli ayol jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, Gazel mikroavtobusining uch nafar yo‘lovchilari jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay bir nafar yo‘lovchi vafot etgan. Haydovchi Sh.D. hamda qolgan 4 nafar yo‘lovchilariga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing