“Ulug‘”ning Malibu-2 mashinasini yoqib yuborgan qiz ushlandi (video)

Jamiyat

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi 26 yoshli Z.B., o‘zganing mol-mulkini qasddan nobud qilishni maqsad qiladi. Shu niyatda 2020 yilning 18 iyun kuni taxminan soat 04:30 larda o‘zganing mashinasini yoqib yuboradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Voqea quyidagicha sodir etiladi: Z.B. Toshkent tumani, “Fayzobod” mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligi dala maydoni yaqinida MCHJ balansidagi 2019 yilda ishlab chiqarilgan qora rangli “Malibu-2” rusumli avtomobilini yoqib yuborib, nobud qiladi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.B.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, ushbu harakat ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa) va 227-moddasi 1-qismi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Malibu-2

Baholaganlar

2766

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing