Sirdaryoda kundoshini va uning qizini o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Shirin shaharchasida norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat bo‘yicha ayblanuvchi N.X. qamoqqa olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov mu’lum qildi. 

Uning bildirishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin tuman sudida Shirin shahar prokurorining Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanuvchi 1997 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan ayol N.X. ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.

Sudning joriy yil 30 apreldagi ajrimi bilan iltimosnoma qanoatlantirilib, ayblanuvchi N.X. qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu hodisa vaqtida ayolning 3 va 5 yoshli qizlari ham pichoqlangan. Oqibatda 5 yoshli qizcha voqea joyida vafot etgan, 3 yoshli qizcha og‘ir ahvolda shifoxonaga olib borilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo Shirin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing