Sirdaryoda kombinezon kiygan shaxslar ishtirokidagi shubhali dafn marosimiga izoh berildi
Jamiyat
−
19 iyul 2020
85350Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida koronavirus bemorlarini davolovchi tibbiyot xodimlari kiyib yuradigan oq kombinezon kiygan bir nechta odam bir o‘likni dafn qilgani aks etgan video tarqaldi. Mirzaobod tumani hokimligi hodisaga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, Mirzaobod tumani “Tinchlik” mahallasida istiqomat qilgan 1954 yilda tug‘ilgan O‘.E. (ayol) joriy yilning 13 iyul kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam Sirdaryo viloyat filialiga nomalum isitma tashxisi bilan tushgan.
14 iyul kuni kechasi yurak ishemik kasalligi gipertoniya kasalligi huruji oqibatida vafot etgan.
Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, viloyat SEOM epidemiologlari va boshqa taalluqli mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, laboratoriya takshiruvlari mavjud bo‘lmasada koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan degan taxminiy tashxis qo‘yilgan.
Tuman aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va ko‘payishining oldini olish maqsadida viloyat mutaxassislari tavsiyasiga ko‘ra vafot etgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 mart kuni tasdiqlangan “Koronavirus kasalligi bilan ro‘yxatga olingan yoki gumon qilinib, vafot etgan bemorlar jasadini dafn etish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vaqtinchalik qoidalar to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida dafn qilish ishlari amalga oshirilgan.
Mayitni dafnga tayyorlash va dezinfeksiya ishlarini o‘tkazish islomiy qoidalar asosida shoshilinch tibbiy yordam markazida amalga oshirildi.
Dafn marosimida ishtirok etgan marhumning 10 nafar qarindoshlari, SEOM mutaxassislari, mahalla raisi va xuquq tartibot organi vakillari xavfsizlik nuqtai nazaridan himoya vositalari bilan ta’minlanganlar.
Dafn marosimi diniy idora vakillari ishtirokida Islom dini qonun-qoidalari asosida 2020 yil 15 iyul kuni o‘tkazilgan.
LiveBarchasi