Sirdaryoda xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkakka hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston tuman sudi turmush qurganidan ko‘p o‘tmay o‘z xotini va qaynonasini o‘ldirgan erkakka nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda Sirdaryo viloyat sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak oldin ham birinchi turmush o‘rtog‘iga pichoq bilan tan jarohati yetkazgani uchun sudlanib, jazoni o‘tab qaytgan. Endilikda uning ikkinchi turmushi ham fojiali yakunlandi. 

Qayd etilishicha, sudlanuvchi voqea sodir bo‘lgan kuni o‘zi ishlagan do‘kon kassasidan 15 million so‘m pulni o‘g‘irlab, so‘ng qotillik sodir etgan. Bunga er-xotin o‘rtasida to‘yda olingan mebellarning puli to‘lanmagani uchun uydan olib ketilganidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchining turmush o‘rtog‘i Tojikiston fuqarosi bo‘lgan va uning O‘zbekiston hududida bo‘lish muddati o‘tib ketgan. Buning uchun esa jarima belgilangan va marhumaning ukasi uni to‘lash uchun 2 mln 300 ming so‘m pul tashlab bergan. Biroq erkak bu pullarni ishlatib qo‘ygan. Kuyovining bu ishi esa qaynonaning e’tiroziga sabab bo‘lgan va u ham o‘sha kungi er-xotin janjaliga aralashgan.

Soat 01:40 larda sudlanuvchi mast holatda o‘z xotini va qaynonasini qasddan o‘ldirish niyatida uyga kelgan. O‘zaro janjal davomida erkak o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan qaynonasiga 6 marta, xotiniga esa 15 marta urgan. Erkak qotillikni sodir etib, pichoqni ko‘chaga uloqtirib, do‘kondan o‘g‘irlangan pulni olib, voqea joyidan qochib ketgan.

Sud hukmiga ko‘ra, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining "a, j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga 24 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, mahkumga ozodlikdan mahrum qilish jazosining dastlabki 3 yilini turmada qamash tarzida o‘tattirish belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing