Sirdaryoda Isuzu “KamAZ”ga urilib, bo‘linib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 5 noyabr kuni Sirdaryo viloyatida Isuzu “KamAZ”ning orqasiga borib urilib, old qismi bo‘linib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, soat 05:30 lar atrofida Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining “Termiz-Toshkent” yo‘nalishi 84-kilometrida “KamAZ” rusumli transport vositasi nosozligi sababli yo‘lning chetki qismida to‘xtab turgan. O‘sha vaqtda shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli transport vositasi haydovchisi hushyorlikni yo‘qotib, to‘xtab turgan “KamAZ”ning orqa qismiga borib urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 

Bildirilishicha, sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlanganlar hamda jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB JXX YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida haydovchi ZIL rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida yo‘l markazida joylashgan elektr temir ustunga urilgandi. Ushbu YTH oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olib, Andijon shahar shifoxonasiga murojaat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo KamAZ Isuzu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing