Sirdaryoda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryodagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 2 kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 15 yanvar kuni soat 14:50 da Xovos tumani “Qahramon” mahallasida joylashgan 2 qavatli binoda gaz portlagan. Oqibatda 2 ta xonadonning qurilish konstruksiyalariga shikast yetgan.

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Ushbu hodisada ikki nafar fuqaro vafot etgan. Bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Namangandagi xonadonlardan birida gaz portlashi oqibatida 2 kishi kuyish jarohatini olgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo portlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing