Sirdaryoda gaz balloni portlagan Nexia sochilib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 21 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida Nexia-3 rusumli avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Bu haqda viloyat FVB Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Boshqarmaga ko‘ra, soat 09:50 larda, Yangiyer shahri, “A.Jomiy” MFY Paxtakor ko‘chasida joylashgan “Vatanparvar” tashkiloti binosi ro‘parasida qoldirilgan, haydovchi 1994 yilda tug‘ilgan B.Q.ga tegishli Nexia-3 rusumli avtomobilining gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan. Natijada, avtomobil butkul yaroqsiz holga kelgan va yonidagi 2 ta avtotransport vositasiga texnik zarar yetgan. 

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘qligi aytilmoqda.

Hozirda viloyat FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

1178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing