Sirdaryoda fermerlarning 2 gektardan yeri yoshlarga bo‘lib beriladi

Jamiyat

image
Hamma joyda o‘g‘rilik – Prezident korrupsiyaga botganlarning ro‘yxati tuzilishini aytdi north_east

Hamma joyda o‘g‘rilik – Prezident korrupsiyaga botganlarning ro‘yxati tuzilishini aytdi

Sirdaryo viloyatida yoshlarga 0,5 gektardan yer beriladi. Ularga beriladigan yer fermerlardan olinadi. Kecha, 27 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligi masalasida o‘tkazgan yig‘ilishda shu haqda topshiriq berdi.

QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda Prezident Sirdaryo hokimi G‘ofurjon Mirzayevdan viloyatdagi fermer xo‘jaliklari soni haqida ma’lumot so‘radi.

Viloyat hokimiga ko‘ra, ayni paytda Sirdaryoda 2684 ta fermer xo‘jaligi bor. Ular o‘rtacha 80 gektardan yer maydoniga ega.

Prezident bu ma’lumotdan so‘ng viloyat hokimiga har bir fermer 2 gektardan yerini 4 nafar yoshlarga bo‘lib berishi bo‘yicha topshiriq berdi. Yoshlar o‘ziga berilgan yerlarda istagan mahsulotini yetishtirishi mumkin bo‘ladi.

“Har bir fermer 2 gektardan yerini yarim gektardan qilib, 4 nafar yoshlarga bo‘lib bersin. Ular bu yerga istagan ekinini eksin, hech kim aralashmaydi. Shu orqali kamida 10 mingdan ortiq yoshlarni ish bilan band qilgan bo‘lamiz”, dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, yig‘ilishda har 10 gektar ekin yeridan 1 gektarini yoshlarga dehqonchilik uchun ajratish tartibi joriy etilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

er

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing