Hamma joyda o‘g‘rilik – Prezident korrupsiyaga botganlarning ro‘yxati tuzilishini aytdi
Jamiyat
−
28 yanvar 2021
9912O‘zbekistonda bir oy davomida tumanlarda korrupsiya sabablari o‘rganilib, tashxis qo‘iyiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 27 yanvar kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga shunday ko‘rsatma berdi.
“Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev bir oydan keyin Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishini o‘tkazadi. Shu vaqt ichida u har bir tumanga tashxis qo‘yadi, nega “kasallangan”, nega “tuzalmayapti”, kim ularni qo‘llab-quvvatlayapti”, dedi davlat rahbari.
Prezident Sirdaryoda yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlangani haqida gapirib, energiya tizimi 30 yil epaqaga keltirilganda, muammo bo‘lmasdi deya qo‘shimcha qildi. Shavkat Mirziyoyev so‘zida davom etib, korrupsiya muammosi haqida shunday dedi:
“Suvga, svetga shuncha qarz olindi. Hamma joyda o‘g‘rilik. Maktab, kollej va yo‘llar qurilishida ham. Hamma joyda korrupsiya. Bu bog‘cha emas. 35 millionlik aholini boqish kerak”.
Prezident Bosh prokurorga korrupsiyaga botgan odamlarning ro‘yxatini tuzishiga ko‘rsatma berdi va ularning masalasi keyin ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilishda Prezident keraksiz majlis o‘tkazadigan amaldorlar ishdan bo‘shatilishini aytib, ogohlantirgandi.