Sirdaryoda bog‘cha mudirasi pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida bog‘chaga bola qabul qilish uchun 2,5 million so‘m pora talab qilgan mudira qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 1986 yilda tug‘ilgan, Sirdaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida ishlab kelgan shaxs fuqaroning farzandini kelgusida o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan ta’lim tashkilotiga ishga olishni va’da qilib, undan 2,5 million so‘m talab qilgan. Shundan so‘ng mansabdor shaxs so‘ralgan pulning 200 ming so‘mini avans shaklida o‘z plastik kartasiga tushirib olgan. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzar shaxs qolgan 2 million 300 ming so‘m miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinib, hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 36-maktab direktori o‘z o‘rinbosaridan 2 million so‘m pora olgani uchun 4 yilga qamalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Sirdaryo mudira

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing