Sirdaryoda ayol erini pichoqladi
3-sahifa
−
15 dekabr 7643 2 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida eriga tan jarohati yetkazgan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea erkakning kechasi mast holatda uyiga qaytib, oila a’zolariga nisbatan tajovuzli xatti-harakatlar sodir etishidan boshlangan. Ayol o‘sha kuni turmush o‘rtog‘i o‘zini, keyin farzandlarini ham haqorat qilib kaltaklaganini, o‘g‘lining do‘pposlanayotganiga chiday olmay qo‘rqitish niyatida pichoq olganini bildirgan va aybini to‘liq tan olib, suddan yengillik so‘ragan.
Sudlanuvchi va guvohlar bayonotiga ko‘ra, erkak uyiga kirishi bilan xotini va bolalariga bosim o‘tkaza boshlagan. Janjal avjida esa 10-sinfda o‘qiyotgan o‘g‘lini ham kaltaklagan. Farzandiga nisbatan zo‘ravonlikni ko‘rgan ona uni himoya qilishga uringan. Ayol jahl ustida oshxona pichog‘i bilan erining qorin qismiga tan jarohati yetkazgan.
Tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ayol yetkazgan tan jarohati hayot uchun xavflideb baholangan. Sudda ko‘rsatma bergan jabrlanuvchi erkak esa hozirda ayoli bilan yarashganini, o‘sha kungi xatti-harakatlarini mast holatda sodir etganini tan olgan va ayoliga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.
Ayol sodir etgan jinoyati jinoyat tasnifiga ko‘ra og‘ir jinoyatlar turkumiga kiradi. Shu sababli, sud ayolni Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy, maishiy zo‘ravonlik) yettinchi qismi bilan aybdor deb topib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan, biroq er-xotin yarashib olgani, da’vosi yo‘qligi sababli tayinlangan jazo shartli hisoblanib, sud bir yarim yil muddatga sinov muddati belgilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tok urib vafot etgan 11 yoshli qizchaning onasi erini pichoqlab o‘ldirgandi.
Live
Barchasi