Tezkor: Sirdaryoda avtobusga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. 6 kishi halok bo‘ldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Bugun, 18 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida avtobusga o‘rnatilgan gaz balloni portladi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikka ko‘ra, taxminan soat 14:30 larda Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus, metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz ballonlarining biri yorilib, portlagan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan. 

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan. 

Shuningdek, voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

550

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing