Sirdaryoda avtobus 3 ta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi
Jamiyat
−
01 aprel 2025 5297 1 daqiqa
Bugun, 1 aprel kuni Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus 3 ta mashina bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:15 lar atrofida Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani “Ahillik” MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 925-kilometrida Termiz-Toshkent yo‘nalishida Nexia, Matiz va Cobalt rusumli yengil avtomobillar hamda Yutong rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
“Hodisa joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Howo, Zil, Cobalt va Nexia rusumli avtomobillar o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuz bergandi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida harakat ishtirokchilari sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Transport vositalari texnik shikastlangan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025