Sirdaryoda 70 yoshli otaxon koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Sirdaryoda koronavirusga chalingan 70 yoshli erkak vafot etdi. Bu mamlakatda rasman e’lon qilingan 129-qurbon bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashagan 70 yoshli M.T. (erkak) da joriy yil 15 iyul kunidan tana harorati ko‘tarilib turgan. 27 iyul kuni holsizlik, butun tanada og‘riq kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan. 

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. 

Xastalik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing