Sirdaryoda 62,5 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlanishi ortidan ikki kishi ushlandi
3-sahifa
−
15 yanvar 2024
4789Avvalroq, Sirdaryoda davlatga 62 mlrddan ziyod zarar yetkazgan metan “zapravka” aniqlangani haqida xabar bergandik.
Ushbu holat yuzasidan ikki kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati habar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “B.M.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli Boyovut tumani “Beruniy” mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida tijorat maqsadlarida noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ravishda tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlangan.
Holat yuzasidan “B.M.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Javohir Yo‘ldashov
LiveBarchasi