Sirdaryoda 37 mlrdlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlari amalga oshirgan boshlang‘ich qiymati 37 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Bildirilishicha, Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy hujjatlar ijrosi yuzasidan joriy yilning mart-iyul oylarida o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.

O‘rganishlar natijasida  mazkur boshqarmaning tizim tashkilotlari: Boyovut, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos va Guliston tumanlarida joylashgan unitar korxonalari tomonidan o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 37 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 67 ta xaridlarda  O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlar talablari buzilganligi holatlari aniqlandi.

Qayd etilishicha, aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan hududiy boshqarma tomonidan Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi tizim tashkilotlariga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ini jarimaga tortgandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Sirdaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing