Sirdaryoda 1 litrli bankada “nasha” sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Sirdaryo viloyatida katta pul evaziga giyohfurushlik qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yilning 31 oktyabr kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani “Kamolot” mahallasi hududida "Nazorat ostida olish" tezkor tadbiri o‘tkazildi. 

Ma’lum qilinishicha, tadbir davomida fuqaro S.G. bir litrli bankaga solingan "nasha" giyohvand vositasiga o‘xshash moddani o‘tkazish maqsadida tadbirga xaridor sifatida jalb qilingan "A" ismli shaxsga 5.000.000 so‘m va 650 AQSH dollari miqdoridagi pul evaziga sotgan vaqtida ushlangan.

Sudga oid kimyoviy ekspertizaning 1 noyabrdagi xulosasiga ko‘ra, “A” ismli shaxs taqdim qilgan o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi o‘simlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda, "tetrogidrokannabinol" mavjud bo‘lib, bu moddalar "marixuana" deb atalishi, og‘irligi 91 grammga tengligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro S.G.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo giyohfurushlik

Baholaganlar

78

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing