Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 13 mart kuni Musurmonqul Xotamov Sirdaryo tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Xalq deputatlari Sirdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod – Musurmonqul Abdumannonovich Xotamovni tanishtirdi. Viloyat hokimining Musurmonqul Abdumannonovich Xotamovni  Sirdaryo tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Musurmonqul Xotamov  1986 yili Xovos tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. U faoliyati davomida Boyovut tumani, Shirin shahri va Oqoltin tumanida soliq organlarida turli lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Xotamov  Boyovut tumani “Ijodkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan Komiljon Mullajonov Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Musurmonqul Xotamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing