Sirdaryo hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
15 may 2024 5360 1 daqiqa
Bobur Alisher o‘g‘li Xudjamov Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bobur Xudjamov 1991 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2013 yilda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va 2015 yilda Kardiff Metropolitan universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ushbu tayinlovga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Yangi investorlarga hamkorlik qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025