Sinovlarda yuqori ball olgan o‘qituvchilarga 70 % qo‘shimcha ustama to‘lanadi
Jamiyat
−
30 Sentabr
6387Kelgusi o‘quv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi. Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga qo‘shimcha 70 foiz ustama to‘lanadi. Bu haqda bugun, 30 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida ma’lum qilindi.
Muallimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish albatta davom ettirilishi ta’kidlandi.
Misol uchun, oliy toifali biologiya o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha xalqaro sertifikati bo‘lsa – 50 foiz, direktor jamg‘armasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi. Shu tariqa uning umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming so‘mdan 12 million so‘mga yetadi.
Bildirilishicha, o‘qituvchilar uchun 1 ming dollar maosh bugun real hodisaga aylanib borayotganini shu misolda yaqqol ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, o‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi. O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020 yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.
Albatta, bu hali yetarli emasligi, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshgani ta’kidlandi.
LiveBarchasi