Singapurlik olimlar koronavirus bilan bog‘liq yangi ixtironi taqdim etdi
Olam
−
12 Sentabr 2020
12091Singapurdagi Materialshunoslik va muhandislik instituti olimlari koronavirus alomatlarini qayd etib boruvchi maxsus datchiklar tizimini ishlab chiqishdi. Uni istalgan turdagi niqobga o‘rnatish mumkin. Bu haqda "The Straits Times" xabar berdi.
Ushbu “monitoring tizimi” datchiklari tana harorati, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi (saturatsiya), arterial bosim hamda yurak urishini kuzatib boradi. To‘plangan ma’lumotlar asosida foydalanuvchi koronavirusga chalingan-chalinmaganini bilib oladi.
Tizim polimer material bilan qoplangan sensorlardan iborat — ular odatda bolalar uchun o‘yinchoqlar yasashda qo‘llaniladi. Datchiklar o‘rnatiluvchi materallar egiluvchan va suv o‘tkazmaydi. Tizimda ma’lumotlarni real vaqt tartibida smartfondagi ilovaga uzatib turuvchi Bluetooth qurilma ham o‘rnatilgan.
Tizimni istalgan turdagi (bir martalik va ko‘p martalik) niqobga o‘rnatsa bo‘ladi, chiplarni istalgan paytda yechib olib, niqobni yuvib qayta foydalanish mumkin.
Sentyabr oyi oxirlarida tizim klinik sinovlardan o‘tkaziladi, sinov yaxshi o‘tsa, uni tijoriy foydalanishga chiqarish rejalashtirilgan. Niqob narxi 50 dollar, agar u keng ommaga taqdim etilsa, narxi 20 dollarga tushishi mumkin.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi