Singapur tekin niqoblar tarqatishga o‘tdi

Olam

image

Singapur aholisi qayta foydalanish mumkin bo‘lgan tibbiy niqobni bepul xarid qilishi mumkin. Bu haqda shahar rahbariyatining Facebook'dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

“Shaharda ro‘yxatdan o‘tgan manzilingiz bo‘lsa, niqoblarni 5 apreldan 12 aprelga qadar bepul olishingiz mumkin”, deyiladi xabarda. Aniqlik kiritilishicha, niqoblar bir kishiga bir dona beriladi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirusga 1 189 nafar odam chalindi. 297 bemor shifo topgan bo‘lsa, 6 kishi vafot etdi.

2019 yilning 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Uxan shahrida pnevmoniya avj olganligini ma’lum qildi. Ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchisi sifatida koronavirusning yangi turi ko‘rsatildi va unga COVID-19 deb nom berildi. 

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi koronavirus tarqalishini panedmiya deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Singapur

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing