Singapurda nasha savdosi bilan shug‘ullangan odamni osib o‘ldirish rejalashtirilmoqda

Olam

image

46 yoshli Tangaraju Suppiya 2013 yilda Malayziyadan Singapurga 1 kg (35 unsiya) nasha yetkazib berganlikda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Faollarning aytishicha, Tangarajuga nisbatan kuchsiz dalillar bilan hukm o‘qilgan. Uning oilasi esa mamlakat Prezidentiga iltimos bilan chiqishdi. Bu haqda BBC xabar berdi

So‘nggi kunlarda Tangaraju Suppiyaning oila a’zolari va faollar Singapur Prezidenti Halima Yoqubga kechirim so‘rab maktub yuborgan. Britaniyalik milliarder Richard Branson esa qatlni to‘xtatish va ishni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

"Men akam hech qanday yomon ish qilmaganini bilaman. Men suddan uning ishini boshidan ko‘rib chiqishini so‘rayman", deydi Tangarajuning singlisi Lila Suppiya.

Ma’lum qilinishicha, Tangaraju giyohvand moddani yetkazib berish paytida qo‘lga olinmagan bo‘lsa-da, prokurorlar uni muvofiqlashtirish uchun mas’ul ekanini aytishgan va yetkazib beruvchi tomonidan unga qo‘ng‘iroq qilingan ikkita telefon raqamini kuzatishgan.

Tangarajuning ta’kidlashicha, u ish bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar bilan aloqada bo‘lgan shaxs emas. U telefonlardan birini yo‘qotganini, ikkinchisiga esa hatto egalik qilmasligini ta’kidlagan.

Tangarajuning osilishi bilan bog‘liq holat bu yil Singapurda birinchi marta amalga oshiriladi. Transformativ Adliya Kollektivi mahalliy tashviqot guruhi mamlakatda 2022 yilda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 11 kishi osilganini ma’lum qilgan.

Singapurning giyohvand moddalarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llashga qat’iy sodiqligi giyohvand moddalarga nisbatan siyosatni yengillashtirgan ba’zi yaqin mamlakatlardan keskin farq qiladi.

O‘tgan yili Tailand nashani taqiqlangan giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi va narkotik moddalarni o‘stirish va saqlashni qonuniylashtirdi. Bundan tashqari, shu yilning aprel oyi boshida Malayziya qonunchiligida og‘ir jinoyatlar, jumladan, giyohvand moddalar savdosi uchun majburiy o‘lim jazosini bekor qilish bo‘yicha huquqiy islohot ma’qullangan.


Maqola muallifi

Teglar

Singapur nasha Tangaraju Suppiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing