Singapurda koronavirusga qarshi kurash doirasida noodatiy taqiqlov joriy etildi

Olam

image

Singapur parlamenti mahalliy aholiga mehmonga borishni, ziyofat uyushtirishni va ko‘chada biron-bir tadbir o‘tkazishni taqiqlovchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “The Straits Times” gazetasi yozmoqda.

“Hujjat hukumatga fuqarolarning ijtimoiy aloqalarini, shu jumladan, xususiy mulk bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar beradi”, deb ta’kidladi Respublika sog‘liqni saqlash vaziri Gan Kim Yun.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining ta’kidlashicha, “mamlakat aholisining aksariyati ommaviy tadbirlardan qochish uchun hukumat tavsiyalariga amal qiladi”. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, “ba’zida, masalan, xiyobonlarda, ommaviy mashg‘ulotlarda, hukumat chaqiruvlariga amal qilmaydiganlarni uchratish mumkin”. Yangi qonun ijtimoiy masofa talablarini buzganlarni javobgarlikka tortishga imkon beradi.

Qoidabuzarlarni olti oygacha qamoq va / yoki 10 ming singapur dollari (taxminan 7 ming AQSH dollari) miqdorida jarima jazosi kutadi. Bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda qamoq muddati va jarima miqdori ikki baravar ko‘payadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Singapurda koronavirusga 1 481 nafar odam chalindi. 377 bemor shifo topgan bo‘lsa, 6 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Singapur

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing