Singapur 20 yil ichida birinchi marta ayol kishini qatl qiladi
Olam
−
26 iyul 2023
16968Singapur hukumati 20 yil o‘tib, birinchi marta ayol kishini qatl qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Transformative Justice Collective tashkiloti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli Saride Jamani 2018 yilda giyohvand moddalar sotishga urinishda ayblanib, qo‘lga olingan. U joriy yilning 28 iyul kuni qatl etishi mumkin.
Mamlakat sud tizimiga ko‘ra, qotillik, odam o‘g‘irlash va 500 grammdan ortiq nasha, 15 grammdan ortiq geroin tarqatganlik uchun o‘lim jazosi tayinlanadi. Mahkum 2004 yildan buyon Singapurda o‘lim jazosiga hukm qilingan birinchi ayol bo‘ldi.
Buning ortidan Amnesty International inson huquqlari tashkiloti BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi hamda Giyohvand moddalarni nazorat qilish xalqaro kengashini Singapur ustidan bosimni kuchaytirishga chaqirdi.
“Singapur hukumati giyohvand moddalarni nazorat qilish nomi bilan qatllar sonini ko‘paytirayotgani achinarli. Butun dunyo o‘lim jazosini bekor qilib, giyohvandlik siyosatini isloh etayotgan bir paytda, Singapur rasmiylari bunga qo‘shilmayapti”, deyiladi tashkilot bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda 25 nafar bolani zaharlagan bog‘cha tarbiyachisi o‘limga hukm qilingan edi. U 2019 yilning 27 mart kuni hamkasbidan o‘ch olish uchun uning guruhidagi bolalarning bo‘tqasiga zaharli modda qo‘shib qo‘ygan.
LiveBarchasi