Sindorov Nomzodlar turnirida yana g‘alaba qozondi (video)

Sport

image

Bugun, 4 aprel kuni Kiprda Nomzodlar turnirining 6-turi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov xitoylik Vey I bilan bahs olib bordi.

Ushbu to‘qnashuvda Javohir Sindorov dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblanuvchi Vey I ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. 6 ta imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘argan o‘zbekistonlik grossmeyster turnir jadvalida yakka peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, musobaqa jami 14 turdan iborat bo‘lib, 15 aprelga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Sindorov turnirning ilk turida rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etdi. Ikkinchi turda esa u Germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan bo‘lsa, uchinchi turda turnir favoritlaridan biri hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhani taslim qildi. 4-turda amerikalik Fabiano Karuanaga to‘qnash kelgan o‘zbekistonlik shaxmatchi yana ishonchli harakat qildi va g‘alabali yurishini davom ettirdi. 5-tur bahsida esa ayndi damdagi dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamura qora donalar bilan taslim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov Nomzodlar turniri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing