Sindorov Karuanaga yutqazdi

Sport

image

Germaniyaning Vayssenxaus shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha nufuzli “Freestyle Chess Grand Slam” turnirining yarim final bahslari ortda qoldi.

Finalga chiqish uchun bahsda amerikalik grossmeyster Fabiano Karuana bilan to‘qnash kelgan o‘zbekistonlik Javohir Sindorov tay-brekda raqibiga imkoniyatni boy berib, 3-o‘rin uchun kurashadigan bo‘ldi.

Asosiy partiyalarda durang qayd etilgach, dastlab 1-tay-brek bahsida Sindorovning qo‘li baland keldi, biroq keyingi partiyada amerikalik shaxmatchi ustunlikni qo‘lga oldi. Armagedon bahsida Karuana g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi 3-o‘rin uchun bahsda Sindorov norvegiyalik taniqli grossmeyster Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. E’tiborlisi, tomonlar mazkur turnirda 2-marta to‘qnash kelishmoqda. Dastlabki bahsda Sindorovning qo‘li baland kelgandi.

Musobaqada ishtirok etayotgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rin uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. U Fransiya vakili Alireza Firouzjani mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Abdusattorov 5-o‘rin uchun bahsda amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi dona suradi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing