Sindorov-Abdusattorov bahsida kutilmagan natija qayd etildi

Sport

image

Bugun, 29 mart kuni Toshkent shahridagi xalqaro shaxmat akademiyasida o‘tkazilayotgan 1-xalqaro “Rustam Qosimjonov turniri” bahslari yakuniga yetadi. Turnir bir necha kutilmagan natijalar bilan muxlislar yodida qolmoqda.

Musobaqaning 2-turida Rustam Qosimjonovni mag‘lubiyatga uchratgan Nodirbek Abdusattorov 7-turda chempionlik poygasidagi asosiy raqibi Javohir Sindorov bilan to‘qnash keldi. “O‘zbek shaxmat klassiko”si deb atalgan partiyada Sindorovning qo‘li baland keldi.

Shunday qilib, Javohir Sindorov 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘arib, turnirda yakka peshqadam bo‘lib oldi. 

Musobaqa umumiy 9 ta turdan iborat. Yana 2 ta turdan so‘ng guruhlarning barcha g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Javohir Sindorov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing