Sidneyda vertolyot avtomobil ustiga quladi. Qurbon bor
Olam
−
03 Oktabr 2592 1 daqiqa
Avstraliyaning Sidney shahri janubi-g‘arbida bortida bir necha kishi bo‘lgan vertolyot avtomobil ustiga qulab tushdi. Bu haqda “Daliy Mail” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 3 oktyabr kuni mahalliy vaqt 13:30 atrofida Bankstaun aeroporti yaqinidagi Birch ko‘chasida vertolyot mashina ustiga qulagan.
Halokat joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelganida, hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgani aniqlangan va 19 yoshli yigit og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Qayd etilishicha, yigit umurtqa pog‘onasidan jiddiy jarohat olgan.
“Politsiya fojia sabablarini tekshirishni boshlagan. Tergov jarayonlari Avstraliya transport xavfsizligi byurosi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi”, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonning G‘or viloyatida “Tolibon” muvaqqat hukumatining konchilik va neft vaziri Hidoyatulloh Badriy hamda viloyat hokimi Hayotulloh Muborak bo‘lgan vertolyot qulab tushgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi