Siberian Wellness uchtasi birda: sog‘lik, go‘zallik va ekologiya uyg‘unligi
Biznes
−
22 aprel
2513Insoniyat qadimdan yoshlik va go‘zallik sirlarini izlab kelgan. Bugungi kunda esa bu istakni ro‘yobga chiqarish uchun tabiiy mahsulotlar va innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Siberian Wellness ana shu maqsadda qariyb 30 yildan beri inson salomatligi va go‘zalligiga xizmat qilmoqda. 1996 yilda Rossiyaning Novosibirsk shahrida asos solingan kompaniya xalqaro bozorga 2005 yilda kirib keldi va tez orada jahonning turli mamlakatlarida o‘z vakolatxonalarini ochdi. O‘zbekiston esa 2010 yilda Siberian Wellness oilasining ajralmas qismiga aylandi.
Albatta, har qanday kompaniya ma’lum bir mamlakat bozoriga kirish uchun bozor imkoniyatlari va uning istiqbollarini batafsil o‘rganib chiqadi. O‘zbekiston bozoriga kirishdan oldin kompaniya tomonidan amalga oshirilgan marketing tadqiqotlari va yuqori baholangan istiqbol Siberian Wellness jamoasining ushbu bozorda katta potensialni ko‘rganini anglatadi.
Mahsulotlar va ishlab chiqarish
Hozirda Siberian Wellness kompaniyasining Toshkent shahrida rasmiy vakolatxonasi, 150 ta do‘koni, ishlab chiqarish korxonasi va ekobog‘larda 196 nafar malakali xodimi mavjud. Namangan viloyatidagi ishlab chiqarish majmuasida Sibirda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan to‘liq o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqariladi. 415 gektarlik mevali bog‘lar kompaniyaning barqaror rivojlanish strategiyasining bir qismi bo‘lib, ularda o‘rik, shaftoli, nok, bodom, olxo‘ri, uzum, olma va gilos kabi 9 turdagi daraxtlar o‘stiriladi. Bundan tashqari, konsentrlangan olma sharbati ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va ekologik innovatsion texnologiya asosida pektin ishlab chiqarish liniyasi ishga tushish arafasida turibdi.
Sog‘lom hayot tarzi uchun innovatsion yondashuv
Siberian Wellness o‘zining yuqori sifatli mahsulotlari bilan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil mahsulotlar, jumladan, DAILY Box sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi komplekslar, Siberian Super Natural Nutrition premium oziq-ovqat qo‘shimchalari va sportchilar uchun maxsus mahsulotlar O‘zbekiston bozorida katta talabga ega. O‘zbekiston bozorida eng mashhur mahsulotlar orasida Koren balzami, Novomin vitamin kompleksi, Immunoboks immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi mahsulotlar va Inulinli konsentrat kabi ichak faoliyatini normallashtiruvchi mahsulotlar mavjud. Shuningdek, kompaniya bir qator monoproduktlar (bitta faol modda asosida) va yangi parfyumeriya to‘plamlarini ham taqdim etmoqda.
Ijtimoiy mas’uliyat va ekologik loyihalar
Siberian Wellness faqat biznes faolligi bilan cheklanmay, balki ijtimoiy va ekologik mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olgan kam sonli kompaniyalardandir. Kompaniya yuzlab ish o‘rinlarini yaratib, franshiza do‘konlari orqali aholining bandligini oshirishga hissa qo‘shmoqda. Aytib o‘tish joizki, kompaniya tomonidan 2020 yilda Sirdaryo suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga 180 million so‘mlik yordam ko‘rsatilgan, 2022 yilda esa Toshkentda 200 tup daraxt ekilgan. Qoraqalpog‘istonda 14 220 tup saksovul va 500 tup daraxt ekish orqali murakkab tabiiy geografik hudud bo‘lgan Orolbo‘yi ekologiyasini tiklashga o‘z hissasini qo‘shgan. Shuningdek, “Hayot. Jizn” va “Mushukkent” loyihalari orqali hayvonlarni himoya qilishga ko‘maklashmoqda. Bu hali hammasi emas, “Sport sog‘liq garovi” deganlaridek, kompaniya sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi, professional sportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda turli sport musobaqalarining homiysi hisoblanadi.
Mukofotlar va e’tirof
Siberian Wellness kompaniyasi nafaqat O‘zbekiston iste’molchilari orasida, balki soha mutaxassislari tomonidan ham e’tirof etilgan yetakchi brend sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Mahsulotlarning sifati va innovatsion yondashuvi natijasida kompaniya so‘nggi yillarda bir necha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Xususan, 2024 yilda “Eng yirik innovatsion biologik faol qo‘shimchalar assortimentini taqdim etgan kompaniya” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan Siberian Wellness, o‘z mahsulotlari orqali sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor isbotladi. 2023 yilda esa “O‘zbekiston rivojiga sarmoyaviyligi va hissasi uchun” maxsus mukofotga loyiq deb topilib, nafaqat sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, balki mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shayotgan kompaniya sifatida tan olindi.
15 yillik yubiley
Siberian Wellness O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyatining 15 yilligini nishonlar ekan, kompaniya mahalliy madaniyatga hurmat ramzi sifatida o‘z logotipining o‘zbekcha versiyasini taqdim etdi va kompaniya o‘z oldiga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etib, har ikkinchi o‘zbekistonlikning hayotini o‘zining innovatsion mahsulotlari bilan yaxshilashni maqsad qildi!
Telefon: (+998) 78−113−87−67
Sayt: uz.siberianhealth.com
Facebook: https://www.facebook.com/siberianwellnessuzbekistan
Instagram: @siberianwellness_uzbekistan
Telegram: t.me/swuzbekistan
Reklama huquqi asosida