Siberian Wellness Orolni qaytarmoqchi

Biznes

image

Bugun insoniyat tobora ortib borayotgan ikki xavf: o‘rmonlarning qisqarishi va qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. Har yili 10 ming gektar maydondagi o‘rmonlar kesiladi yoki alanga ichida qoladi. 4,6 ming km kub miqdorda suv sarflanadi. Bu muammolar kislarodning qisqarishi, atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasining ortishi, iste’mol suvining tanqisligi, cho‘llashuv kabi bartaraf etib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi. Butun dunyoda tashkilotlar, kompaniyalar va aholi bu asoratlarni kamaytirish uchun yillar davomida kurashib keladi. O‘zbekistondagi shunday harakatlarning faol tashabbuskori – Siberian Wellness’dir. 

Kompaniya har yili butun dunyo bo‘ylab minglab daraxt ko‘chatlarini o‘tqazadi. Xususan, birgina o‘tgan yilning o‘zida Siberian Wellness kuz mavsumida “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) loyihasi doirasida 4 mingdan ortiq saksovul ko‘chatlarini ekdi. Unda mamlakatning turli hududlaridan kelgan yuzlab ko‘ngillilar ishtirok etdi. Shuningdek, Namangan viloyatida ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi klasteriga asos soldi. 415 gektar maydondagi bu hududda 350 mingdan ortiq daraxtga ega bo‘lgan bog‘ barpo etildi.

Joriy yilda Siberian Wellness konsentrlangan meva sharbatlarini ishlab chiqaruvchi 4 gektar maydondagi zavod faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

Uning O‘zbekistondagi ekologik toza kelajak uchun qilayotgan say-harakatlari 15 noyabr kuni “100 gektar” loyihasi doirasida o‘tkazilgan yilning ikkinchi ko‘chat ekish tadbiri bilan davom etdi. Ushbu tashabbus ham “Oroldagi bog‘im” loyihasi asosida tashkil etilgan bo‘lib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi qoshidagi Xalqaro innovatsion markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bunga Orol dengizining qurishi nafaqat O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar, balki butun dunyo ekotizimiga ta’sir ko‘rsatayotgani sabab bo‘lgan. Siberian Wellness kompaniyasi ushbu muammoni hal etishda doimiy ravishda o‘z hissasini qo‘shib keladi.

Joriy 2024 yil 15 noyabr kuni o‘tkazilgan ushbu savobli harakatda xodimlar, tadbirkorlar, ko‘ngillilar va Nukus shahridan 9-11-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan 159 nafar inson ishtirok etdi. Bu yil kompaniya xodimlari va hamkorlari yordami bilan 5 ming 220 ta saksovul ko‘chatiga yetarli mablag‘ yig‘ildi. Tadbir davomida qoraqalpoq tilida “dengizning qaytishi” haqida qo‘shiqlar kuylandi. Bu ishtirokchilarga qilinayotgan savobli ishning ahamiyatini yana bir bor eslatdi va mamnuniyat hissini uyg‘otdi. 

Umumiy hisobda shu vaqtga qadar kompaniya tomonidan Orol dengizining o‘rnida jami 14 ming 220 tup saksovul ko‘chati, 500 tup sho‘r va qurg‘oqchilikka chidamli daraxt ko‘chatlari ekilgan. Siberian Wellness kelajakda yana 10 ming tup ko‘chat ekishni rejalashtirmoqda. Bu kelajak avlodning yorqin va toza hayoti uchun kiritilgan eng yaxshi sarmoyadir!

Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +99878 113 87 67

Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.

Shuningdek, bizning infouz@sibval.com manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha

Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring https://clck.ru/3EzCVH

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Orol Siberian Wellness

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing