Nufuzli kompaniya Namanganda yangi ekologik loyihani boshladi

Biznes

image

“Siberian Wellness” xalqaro kompaniyasi O‘zbekistonda yana bir yirik loyihani amalga oshirmoqda.

Gap shundaki, “Siberian Wellness” kompaniyasi Namangan viloyatida umumiy qiymati 60 million AQSH dollari bo‘lgan ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi klasteriga asos solmoqda. Loyihaning birinchi bosqichi hisoblangan intensiv bog‘ va mevani qayta ishlash korxonasi Namangan viloyati Chust tumanida uch yil davomida barpo etildi. Organik qishloq xo‘jaligi tamoyillari asosida yaratilgan mazkur lokatsiya kompaniya tarixidagi birinchi bog‘dir.

“Siberian Wellness” kompaniyasining umumiy maydoni 415 gektar bo‘lgan bog‘ida shaftoli, o‘rik, nok, bodom, olxo‘ri, uzum yetishtiriladi. Mevalarning sifatini barqaror saqlab qolish uchun kompaniya zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, IT mutaxassislarini jalb qilgan. Shuningdek, bog‘dorchilik bo‘yicha professional bo‘lgan yuqori malakali agronomlar bilan ishlamoqda.

Hozirda kompaniyaning zavodida konsentratsiyalangan olma sharbati ishlab chiqarilmoqda. Biroq tez orada turli xil ozuqaviy mahsulotlar va salomatlikni mustahkamlovchi oziq-ovqat ingrediyentlarini ham tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, korxonaning ishlab chiqarish tizimi juda samarali bo‘lib, tabiiy resurslarni tejashga xizmat qiladi.

Ma’lumki, “Siberian Wellness” kompaniyasi xalqaro maqomga ega bo‘lgan tashkilot bo‘lib, u ham bir qator talablarni qondira oladigan maxsus sertifikatlarga ega. Xususan, korxona atrof-muhitni boshqarish bo‘yicha xalqaro standart hisoblangan ISO 14 001 sertifikatini qo‘lga kiritgan. Ushbu sertifikat Janubi-sharqiy Osiyoda yetakchi organ hisoblangan va xalqaro akkreditatsiyaga ega Janubiy Koreya Sertifikatlashtirish Markazi tomonidan berilgan bo‘lib, u kompaniya faoliyati atrof-muhitni boshqarish tizimlariga qo‘yiladigan barcha talablarga javob berishini tasdiqlaydi.

Shuningdek, “Siberian Wellness” MDH davlatlari, Turkiya, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Malayziya va Indoneziya standartlariga javob beradigan qat’iy “Halol” sertifikatiga ham ega. Ayni damda esa kompaniya "FSSC 22000" oziq-ovqat xavfsizligi sifat standarti bo‘yicha sertifikatlashdan o‘tmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya GLOBALG.A.P sertifikatini ham qo‘lga kiritgan. Bu orqali kompaniyaning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari xavfsiz, sifatli ekanligi hamda ekologik standartlarga muvofiq ishlab chiqarilganligini bilish mumkin. Shuningdek, mazkur sertifikat ishchilarning kasbiy salomatligini, atrof-muhitni va hayvonlarni muhofaza qilinayotganligini ham anglatadi. GLOBALG.A.P sertifikati Yevropa, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, BAA mamlakatlari uchun tasdiqlangan.

“Ko‘p yillik organik dehqonchilik tizimlaridan foydalanish tufayli ekotizim turli kasallik va zararkunandalarga qarshi o‘z-o‘zidan kurasha boshlaydi. Shuning uchun organik dehqonchilik iqtisodiy va ekologik jihatdan samaralidir. Ushbu yondashuv puxta tahlil va rejalashtirishni talab qiladi. Biz “Siberian Wellness” kompaniyasida loyihalarimizni faol rivojlantirmoqdamiz va ularni boshqa hududlarda ham amalga oshirishni mo‘ljallayapmiz. Qishloq xo‘jaligida ilk qadamlarimizni qo‘yayotganimizga qaramay, loyihamizni haqli ravishda ushbu sohadagi eng ilg‘orlaridan biri deb hisoblash mumkin”, deydi “Siberian Wellness” bosh direktori Bahrom Hojimatov.

Biz bilan telefon orqali bog‘laning: +998712058767

Bizning maslahatchilarimiz sizga farovonlik olamiga birinchi qadamni qanday qo‘yish kerakligini aytib berishadi.

Shuningdek, bizning infouz@sibval.com manzilga murojaat qilishingiz mumkin.

Do‘konning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha 09:15 dan 19:00 gacha

Sall-markazning ish vaqti: dushanbadan yakshanbagacha soat 08:00 dan 21:00 gacha

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko‘chasi, 29-uy.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.siberianhealth.com

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing