Surxondaryoda yangi institut tashkil etildi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
12110O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Termiz davlat universiteti Denov filiali negizida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi.
Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiradi.
Institutning ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Qarorga ko‘ra, institut professor o‘qituvchilari va xodimlariga mehnatga haq to‘lashda tarif koeffitsiyentlari va bazaviy lavozim maoshlari 1,5 baravar miqdorda hisoblanadi.
Qaror bilan institut Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlandi.
Samarqand davlat universiteti zimmasiga institutni otaliqqa olish vazifasi yuklandi.
LiveBarchasi
26 noyabr