Andijonda institut hududidagi binoda yong‘in chiqdi
3-sahifa
−
29 iyun 2024 6308 1 daqiqa
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, yong‘in kecha, 28 iyun kuni soat 20:52 da Andijon tumanida joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududidagi, hozirda foydalanilmay kelinayotgan qo‘shimcha binoda yuzaga kelgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida binoning 100 metr kvadrat tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
“Yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarari aniqlanmoqda”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorida yirik yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust