Nukusda institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
03 avgust
3365Nukus davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuraturas huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi va Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va Ch.R. fuqaro X.B.ni tanishlari yordamida Nukus davlat pedagogika institutining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da bergan. Ular bu “xizmati” evaziga 2 750 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlangandi.