Si Szinpin Rossiyaga boryaptimi?

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Si Szinpinning joriy yil 21 martda  Rossiyaga borayotgani haqidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. Bu haqda bugun, 8 mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qildi.

“Xitoy va Rossiya barcha darajalarda yaqin aloqalarni o‘rnatmoqda, ammo biz siz so‘ragan tashrif haqida hech qanday ma’lumotga ega emasmiz”, degan Mao Ning jurnalistlarning savoliga javob berib. 

Ta’kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Si Szinpinning Rossiyada uchrashuvi 21 martga belgilangani haqidagi turli gaplar tarqaldi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Kreml bu haqda hech narsa deya olmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, xorijiy mehmonlarning Rossiyaga barcha tashriflari o‘z vaqtida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, davlat rahbarlarining so‘nggi yuzma-yuz uchrashuvi 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan. 2022 yil dekabr oyi oxirida Si Szinpin bilan videokonferensiya orqali muzokaralar chog‘ida Putin uni 2023 yil bahorida Moskvaga kelishini taklif qilgan. Joriy yilning fevralida esa Rossiya rahbari Kremlda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy Qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi rahbari, XKP Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi Van Ini qabul qilgan. Putin ushbu tashrif Moskva va Pekin o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berishiga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning G‘arb bilan munosabatlari so‘nggi paytlarda Rossiya bilan yaqin aloqalari fonida yomonlashgan edi. Xususan AQSH va NATO Pekin Moskvaga harbiy yordam yuborishni ko‘rib chiqayotgani, agar bu amalga oshsa Xitoyga sanksiyalar joriy qilinishini bildirgan edi. AQSH Prezidenti Jo Bayden Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashganda ham, Fransiya rahbari Emanuel Makron bilan telefon orqali gaplashganda ham ittifoqchilarini Xitoyga qarshi turishga chaqirgan edi. Rasmiy Pekin esa Rossiya-Ukraina urushida hech qaysi tomonga yordam bermaganini, Ukrainaga o‘lim qurollarini joylashtirgani uchun AQSHning o‘zi izoh berishi keraligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing