Katta voqealar sodir bo‘ladi – Tramp Si Szinpin bilan uchrashuv haqida
Olam
−
18:41 1016 1 daqiqa
Oq uy rahbari Donald Tramp Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashuvdan juda mamnun ekanini va ba’zi muhim, ulkan voqealar sodir bo‘lishini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“Rais Si bilan uchrashuv ham AQSH, ham Xitoy uchun juda mahsuldor kechdi. Yaqin orada hamma bunga rozi bo‘ldi.
Deyarli boshqa hamma singari, unga ham noto‘g‘ri va aniq bo‘lmagan “sun’iy intellekt” iborasini ancha aniqroq va muhimroq so‘z – “super intellekt” deb atash ma’qul kelgandek tuyuldi. Bu “super” bo‘lar edi! Kecha oqshom hamma bunga rozi bo‘ldi”, deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin uch kunlik davlat tashrifini amalga oshirish uchun Vashingtonga yetib borgani va Donald Tramp mehmonlarni Oq uyda kutib olish an’anasini buzib, uni aeroportda shaxsan qarshi olgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Tramp Si Szinpinga davlat kechki taomi chog‘ida oqbosh burgut haykalini taqdim etdi va ushbu noodatiy sovg‘aning ramziy ma’nosi haqida so‘zlab berdi.
Live
Barchasi