Tramp Si Szinpinga maxsus haykalcha sovg‘a qildi (video)
Olam
−
16:49 1716 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 24 sentyabr kuni davlat kechki taomi paytida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga oqbosh burgut haykalini taqdim etdi va ushbu noodatiy sovg‘aning ramziy ma’nosi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Donald Tramp Si Szinpinning AQSHga tashrifi sharafiga uyushtirilgan davlat kechki taomi chog‘ida Xitoy yetakchisiga oqbosh burgut haykalini sovg‘a qilgan. Amerika Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, haykal amerikalik rassom tomonidan shaxsan o‘zi va birinchi xonim Melaniya Tramp ishtirokida yasalgan.

“Oqbosh burgut – Qo‘shma Shtatlarning milliy ramzi va Amerikaning erkin hamda parvoz qiluvchi ruhining gavdalanishidir”, deydi Tramp sovg‘aning ahamiyatini tushuntirar ekan.
Haykalchaning balandligi taxminan 90 santimetr bo‘lgan qushni tasvirlaydi. Tramp, shuningdek, ushbu sovg‘a Pekinda munosib o‘rin egallashiga umid bildirgan.
“U Pekinda yaxshi va ajoyib bir o‘rin topadi, deb umid qilamiz”, deydi Amerika yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Si Szinpin uch kunlik davlat tashrifini amalga oshirish uchun Vashingtonga yetib borgani va Donald Tramp mehmonlarni Oq uyda kutib olish an’anasini buzib, uni aeroportda shaxsan qarshi olgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi