Si Szinpin Putindan NATOga hujum qilishni so‘rashi mumkin
Olam
−
06 iyul 18504 2 daqiqa
NATO rahbari Mark Ryutte Rossiya Xitoy iltimosiga ko‘ra alyans hududiga hujum qilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Agar Xitoy Tayvanga qarshi kuch ishlatishga qaror qilsa, Xitoy yetakchisi Si Szinpin Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan NATO hududiga hujum qilish orqali yevropaliklarni Hind-Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatdan chalg‘itishni so‘rashi mumkin”, deydi u.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, bunday ssenariyning yuzaga kelish ehtimoli ortib bormoqda. Shu munosabat bilan u Pekin va Moskvani jilovlash uchun ikkita asosiy qadam zarurligini ta’kidladi. Ulardan biri “rossiyaliklar hech qachon hujum qilmasligi uchun” G‘arb ittifoqini jamoaviy mustahkamlash bilan bog‘liq. Ikkinchi majburiy chorani Ryutte Hind-Tinch okeani mintaqasi bilan mudofaa sanoati va innovatsiyalar sohasida qo‘shma ish deb atadi. Alyans yetakchisiga ko‘ra, bunday hamkorlik Prezident Donald Tramp boshchiligidagi AQSH ma’muriyati tomonidan faol targ‘ib qilinmoqda.
“Biz juda katta geosiyosiy muammoga duch kelyapmiz. Va bu birinchi navbatda yaqin tarixda tengi bo‘lmagan tezlikda tiklanayotgan Rossiya. Hozir ular uch oy ichida barcha NATO a’zolari bir yilda ishlab chiqaradigan o‘q-dorilarni uch baravar ko‘p ishlab chiqarmoqda”, deya ta’kidladi alyans rahbari.
Pekin Tayvanni o‘zining bo‘lg‘usi viloyati deb biladi va agar kerak bo‘lsa, orol ustidan nazoratni tiklash uchun kuch ishlatishga tayyorligini bildiradi. Aksariyat tayvanliklar Tayvanning de-fakto mustaqilligi va demokratik maqomini qo‘llab-quvvatlaydi.
Orol atrofida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harbiy mojaro bir nechta mintaqaviy koalitsiyalarning a’zosi bo‘lgan va AQSH qonunlariga ko‘ra, Tayvanga har qanday tahdidni “alohida og‘irlik” muammosi deb hisoblaydigan Qo‘shma Shtatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida neytral pozitsiyasini e’lon qiladi va tinchlikka chaqiradi. Shu bilan birga, Xitoy Moskva bilan faol aloqalarni davom ettirmoqda. Ikki davlat yetakchilari Vladimir Putin va Si Szinpin 2022 yilning fevralida – Rossiya Ukrainaga qarshi urush boshlashidan uch haftadan kamroq vaqt oldin ko‘p marta uchrashib, strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni cheklovsiz imzoladi. Xitoy Rossiyaning eng yirik savdo sherigi bo‘lib, unga G‘arb iqtisodiy sanksiyalari oqibatlarini yengib o‘tishda yordam bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy manbalariga tayanib “The Wall Street Journal” Xitoy Rossiyaga haddan tashqari energetika qaramligidan xavotirlanishiga qaramay, Rossiya tabiiy gazini to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish uchun “Sibir kuchi-2” gaz quvurini qurish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyorligini yozgandi.
Live
Barchasi