Si Szinpin Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.

“Siz bilan yaxshi ish munosabatlari va shaxsiy do‘stlikni yuksak qadrlayman hamda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirish, shuningdek, mushtarak taqdirli xitoy-o‘zbek hamjamiyatini barpo etishga yangi sur’at bag‘ishlash uchun hamkorlikni davom ettirishga tayyorman”, deyiladi Xitoy Raisining telegrammasida.

Shuningdek,  Si Szinpin so‘nggi yillarda Xitoy-O‘zbekiston munosabatlari tezkor rivojlanishga erishganini, turli sohalardagi hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlanganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 iyul kuni O‘zbekistonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan 7 yil muddatga saylandi. 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan Rossiya, Turkmaniston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari tabrikladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing