Si Szinpin keyingi haftada Janubiy Afrikaga boradi

Olam

image

Xitoy rahbari Si Szinpin 21-24 avgust kunlari BRICS’ning 15-sammitida ishtirok etish uchun Janubiy Afrikaga boradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.

“Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosaning taklifiga binoan XXR raisi Si Szinpin 21-24 avgust kunlari JARda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi va Yoxannesburgda bo‘lib o‘tadigan BRICS 15-sammitida ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.

Xua Chuninning aniqlik kiritishicha, Si Szinpin sammit davomida Ramafosa va BRICS'ga a’zo mamlakatlarning boshqa yetakchilari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, BRICS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi. Tashkilotga a’zo davlatlar sammiti 22-24 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin video havola orqali ishtirok etadi. Rossiya tomonidan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov shaxsan sammitda qatnashadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Bloomberg” agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib, Hindiston va Braziliya BRICS’ning kengayishiga qarshi ekani haqida xabar bergan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay ikki davlat rasmiylari ham buni rad etdi. Nyu-Dehlidagi ImagIndia Institute tahlil markazi prezidenti Robinder Sachdev esa BRICS tashkiloti 20 a’zoga qadar kengayishi va "Sharqda paydo bo‘lgan" Yigirmalik Guruhiga (G20) aylanishini prognoz qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Si Tszin'pin Janubiy Afrika BRICS Yoxannesburg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing