Si Szinpin Qurolli kuchlarning jangovarligini oshirishga chaqirdi

Olam

image

XXR raisi Si Szinpin Xitoy Xalq ozodlik armiyasi bo‘linmalarining har tomonlama jangovar tayyorgarligini oshirishga chaqirdi. Bu haqda CGTN telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat shimoli-sharqida joylashgan 78-armiya guruhi shtab-kvartirasini tekshirish chog‘ida Xitoy rahbari jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, asosiy va ayniqsa murakkab fanlar bo‘yicha bo‘linmalarning tayyorgarligini kuchaytirish bo‘yicha topshiriq bergan.

Shuningdek, XXR Raisi partiyaviy qurilishni mustahkamlash, Qurolli kuchlar yaxlitligi va birligini yuqori darajada saqlash muhimligini ta’kidlab o‘tgan. U harbiylarga tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni mamlakatda boshlangan yomg‘ir so‘nggi 140 yil ichidagi eng kuchlisi bo‘lib, ko‘plab talafotlarga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin Xitoy Xalq ozodlik armiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing