Si Szinpin Baydenning taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Xitoy raisi Si Szinpinga sammit o‘tkazishni taklif qilgan, ammo Xitoy rahbari buni rad etgan. Bu haqda “Financial Times” ikki davlat rahbarlari suhbati tafsilotlari bilan tanish manbalarga tayanib xabar bergan.  

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Bayden Si Szinpin bilan 90 daqiqalik suhbat chog‘ida yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan, ammo kelisha olmagan. Bu bir qator AQSH rasmiylarini Pekin Vashington bilan qiyin o‘yinni davom ettirmoqda, degan xulosaga olib kelgan. 

“AQSH Prezidenti Si Szinpinga AQSH-Xitoy munosabatlaridagi to‘siqni bartaraf etish uchun sammit o‘tkazishni taklif qildi, lekin Xitoy rahbari uning taklifini qabul qilmadi va buning o‘rniga Vashington Pekin bilan munosabatlarda nisbatan “qattiqroq ohang” tanlamaslikni talab qildi”,

Ta’kidlanishicha, Bayden ma’muriyati ikki davlat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatini “AQSH va XXR vakillari o‘rtasida bir qator diplomatik aloqalar muhim natijalarga olib kelmagandan so‘ng, Si Szinpinning jiddiy muloqotga tayyorligini tekshirish imkoniyati”, deb baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy raisi Si Szinpin joriy yilning 9 sentyabr kuni telefon orqali suhbatlashgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing