Shveysariya tog‘larida “Louis Vuitton”ning o‘tov shaklidagi do‘koni ochildi

Madaniyat-san’at

image

Fransiyaning “Louis Vuitton” modalar uyi Shveysariyaning Sankt-Morits shahridagi qorli tog‘larda o‘z eshiklarini ochdi. E’tiborlisi do‘kon tashqi ko‘rinishi Markaziy Osiyo xalqlariga xos o‘tovni eslatadi.

Do‘kon o‘z tashqi ko‘rinishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortgan. O‘tov ko‘rinishida qurilgan butik kompaniya ramzlari bilan bezatilgan. Do‘konning ichki ko‘rinishi esa moda uyi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko‘rish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qor bilan qoplangan tog‘lar yonbag‘rida o‘z ishini boshlagan do‘kon 2023 yilning bahorigacha faoliyat yuritadi.

Modalar uyining Shveysariyadagi Filip ismli xodimi ijtimoiy tarmoqlarda o‘tov shaklidagi “pop-up” do‘kon suratlari bilan bo‘lishib, butikni hayratlanarli qishki mo‘’jiza, deb tariflagan. 

Ma’lumot o‘rnida, “Louis Vuitton” modalar uyiga 1854 yilda Lui Vitton tomonidan asos solingan bo‘lib, qimmatbaho liboslar, sumkalar, chemodanlar va attorlik buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda ushbu brend LVMH kompaniyasining bir bo‘lagi hisoblanadi.

Joriy yilning dekabr oyida kompaniya egasi Bernar Arno 188,6 milliard dollarlik boyligi bilan dunyoning eng boy odamiga aylangan edi

Eslatib o‘tamiz, Avvalroq Ispaniyaning “Balenciaga” modalar uyi o‘zbek ko‘rpachasini eslatuvchi divan sotishni boshlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bernar Arno Louis Vuitton o'tov

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing