Louis Vuitton itlar uchun 60 ming yevrolik uy sotuvga chiqardi
Bu qiziq
−
01 noyabr
3645Louis Vuitton brendi itlar uchun 60 ming yevro qiymatdagi uylarni sotuvga chiqardi. Bu haqda brendning rasmiy saytida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya bosh dizayneri Farrell Uilyams Louis Vuitton’ning mashhur chamadonini o‘zgartirishga qaror qilgan va undan uy hayvonlari uchun boshpana yasagan. Boshpana yosh buqa terisidan ishlangan bo‘lib, olinadigan eshik va pastki “lyuk” bilan jihozlangan. Uychaning balandligi 83 santimetr, eni 86 santimetr va uzunligi 65 santimetrni tashkil qiladi. Qo‘shimcha aksessuarlar esa oltindan yasalgan.
Mahsulotning narxi 60 ming yevroni (taxminan 836 mln so‘m) tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoga mashhur Balenciaga brendi Parijda bo‘lib o‘tgan 2024 yil kuz-qish ko‘rgazmasida yopishqoq lenta (skotch) ko‘rinishidagi bilaguzukni taqdim etgan edi. Ma’lumotlarga qo‘ra, bilaguzukning narxi 3 ming dollarni tashkil qiladi.
LiveBarchasi